We provide Ramazon Va Taqvo online (apkid: com.sadirboyprogrammer.ramazonvataqvo) in order to run this application in our online Android emulator.


Description:

Run this app named Ramazon Va Taqvo using MyAndroid.
You can do it using our Android online emulator.

SHAYX MAHMUD ASAD JOSHON
RAMAZON
va
TAQVO
Tarjimon: Sayfiddin SAYFULLOH
Imom Azam mazhabidagi atoqli alloma, Naqshbandiyya tariqatining murshidi komili,
yurtimizda onlab asarlari tarjima bolgan professor, Shayx Mahmud Asad Joshonning
(1938-2001) ushbu kitobida rozaning farzligi, bu xususdagi fiqhiy ahkomlar, uning
moddiy va manaviy foydalari, jamiyat hayotiga ijobiy tasiri va taqvoning ahamiyati
haqidagi bir qator muhim shariy masalalardan bahs yuritiladi.
Shuningdek, asarda
muborak uch oylar va muborak kechalar fazilati haqida malumot va tavsiyalar berilgan.
Kitob sodda, xalqchil, suhbat uslubida tartib berilgan bolib, keng kitobxonlar ommasiga
manzur boladi, degan umiddamiz.
Sayfiddin Sayfulloh
RAMAZON RAHMAT OYI
Bizni inson qilib yaratgan va imon gavhariga musharraf etgan mehribon Alloh taologa
behad hamdu sanolar bolsin!
Olamlarga rahmat bolib kelgan sevimli, mushfiq paygambarimiz hazrat Muhammad
Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar yollaymiz.
Muborak ramazon oyining rozasi Islomning besh shartidan biri bolib, paygambar
yuborilgan har bir ummatga farz qilingan.
Quroni karimda: Sizlarga ham sanoqli
kunlarda roza tutish farz qilindi, Sizlardan kim bu oyga hozir bolsa, roza tutsin kabi
1
xitoblar bilan rozaning farzligi sobit bolgan va fiqhiy asoslaridan bahs yuritilgan .
Hadisi qudsiylardan birida: Roza men uchundir va uning mukofotini men beraman,
deyiladi va rozaning xos ibodat hamda ulug savobga ega ekanligiga ishora qilinadi.
Dinning ustini namoz bolsa, jamiyatniki zakot, ruhniki esa rozadir.
Roza ruh
shifosidir.
Har bir ilohiy amrda oziga xos hikmat bor.
Rozaning barcha xususiyati va hikmati yolgiz Allohga ayon.
Bir narsa aniqki, Ramazon - rahmat va magfirat oyi, oylarning
sultoni va eng ulugidir.
Roza jasadga ham, ruhga ham fayz bagishlaydi, uni qayta
tiriltiradi.
Moddiy va manaviy zararlardan muhofaza etadi.
Boshqa oylarga nisbatan bu oyda Allohga yaqinlashish, ulug ajru mukofotlarga sazovor
bolish imkoniyatlari koproq.
Qadr kechasinig ming oydan afzalligi, bu kechada qilingan
ibodatning ajri ming oylik qilingan ibodatning savobidan ortiqligini bir tasavvur qilib
koring! Bu oyda ixlos, samimiyat ila tavba qilsak, gunohlarimiz kechiriladi, duolar qilsak,
ijobat boladi, inshoalloh! Hatto farishtalar ham bu oyda Allohning maxsus farmonini
bajarish uchun yerga tushadilar.

MyAndroid is not a downloader online for Ramazon Va Taqvo. It only allows to test online Ramazon Va Taqvo with apkid com.sadirboyprogrammer.ramazonvataqvo. MyAndroid provides the official Google Play Store to run Ramazon Va Taqvo online.

Page navigation:

©2024. MyAndroid. All Rights Reserved.

By OffiDocs Group OU – Registry code: 1609791 -VAT number: EE102345621.