We provide Saxobalar Chekkan Aziyatlar online (apkid: com.sadirboyprogrammer.saxobalarchekkanaziyatlar) in order to run this application in our online Android emulator.


Description:

Run this app named Saxobalar Chekkan Aziyatlar using MyAndroid.
You can do it using our Android online emulator.

Alloh rozi bolsin Abu Bakrni shunday tariflashadi: oqishdan kelgan, yonoqlari ozgin, qirra burun, siyrak soqolli, ochiq yuzli, kozlari ichiga botgan, peshonasi keng, kaftlari katta, tetik korinuvchi kishi edilar.
Soch-soqolining oqlarini hina va katam bilan boyab yurardilar.
Zuhriy aytadi: "Abu Bakr oq-sariqdan kelgan, latif, muloyim, sochlari jingalak, ikki yonboshi ingichka kishi bolganlar.
Shuning uchun ham kiygan izorlari bellarida turmasdi.
U zotning Busraga bir necha marta savdo uchun kelganlari rivoyat qilinagan.
Abu Bakr Siddiq ser ibodat, yaxshilikda ummatning peshqadami edilar.
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v bir kuni sahobalardan soradilar:
- Qaysi biringiz bugun rozadorsiz?
- Men, - dedilar Abu Bakr.
- Qaysi biringiz bugun janoza namozida qatnashdingiz?
- Men, - dedilar Abu Bakr.
- Qay biringiz bugun bir miskinni toydirdingiz?
- Men,- dedilar Abu Bakr.
- Qaysi biringiz bugun bir bemorni borib ziyorat qildingiz?
- Men , - dedilar Abu Bakr.
- Qaysi kishida bu fazilatlar jamlansa jannatga kiradi, - dedilar Rasululloh s.a.v." ( Muslim rivoyati).
Abu Bakr Siddiq Islom niholining boy berib, tomir otishi uchun molu-jonini ayamadilar.
Abu Hurayradan: "Rasululloh s.a.v: "Hech kimning moli menga Abu Bakrning molidek naf bergan emas,- dedilar.
Shunda Abu Bakr yiglab aytdilarki: "Ey, Allohning rasuli! Ozim ham molim ham sizga fidodir".
Hazrati Abu Bakr Siddiq Alloh suygan banda edilar.
Rasululloh s.a.v.
shunday deganlar: "Alloh taolo ohiratda insonlarga ommatan, yani hammalariga baravar tajalli qiladi.
Ammo Abu Bakrning oziga alohida tajalli qiladi" (Ibn Adiy rivoyati).
Hujjatul Islom Gazzoliy bu hadisni sharhlar ekan shunday deydi: "Bu sozlardan: "Hamma Allohning diydorini topadi, Alloh korish lazzatini totadi, faqat bu lazzat Abu Bakrga yetishgan lazzatdan kam boladi, degan xulosani chiqarmaslik kerak.
Chunki, Diydorga hamma ham yetolmaydi.
Agar kimga bu oliy saodat nasib etsa, Abu Bakrga yetgan zavqning yuzdan, balki mingdan birini topishi mumkin.
Shunda ham bu dunyodagi Allohni tanish darajasi Abu Bakr marifatining yuzdan, mingdan biriga teng bolsa.
Shubha yoqki, Abu Bakr qalbining tub tubiga ornashgan siri bilan ummatning eng afzali boldilar.
Shunday ekan, nima uchun u zot osha sir tufayli Allohning alohida etiboriga va tajallisiga sazivor bolmasinlar?!" Abu Bakr yaxshilik qilishda barchadan peshqadam edilar.
Umar ibn Hattob Madinaning chekkasida yashaydigan bir kozi ojiz kampirnikiga tunlari borib, uy yumushlariga qarashar, hatto ovqatlantirib qoyar edilar.
Navbatdagi tunlardan birida kimdir kampirnikiga borib undan oldin barcha yumushlarni ado qilib ketganiga guvoh boldilar.
Bu ish ahr safar takrorlanaverdi.
Umarning sabri chidamadi, bu ishlarni kim qilayotganini bilish uchun uyni kuzata boshladi.
Ne koz bilan korsinki, bu kishi halifa Abu Bakr Siddiq r.a.
edilar.
- Siz ekansizda bu ishlarni mendan oldin bajarayotgan, doimo hayrli ishda mendan peshqadamsiz, - dedi shunda Umar dosti Abu Bakrga.
Abu Bakr Siddiq Alloh va Rasuliga sadoqatlari tufayli jannatda paygambarlardan keyingi maqomga sohibdirlar.
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: "Rasululloh s.a.v Abu Bakr va Umarga qarab turib: "Bu ikkisi nabiy va rasullardan boshqa barcha avvalinu ohirin jannat ahlining sayyididir!Ey, Ali faqat ularning ozini bu gapdan habardor qilmagin", dedilar".
(Termiziy rivboyati).

MyAndroid is not a downloader online for Saxobalar Chekkan Aziyatlar. It only allows to test online Saxobalar Chekkan Aziyatlar with apkid com.sadirboyprogrammer.saxobalarchekkanaziyatlar. MyAndroid provides the official Google Play Store to run Saxobalar Chekkan Aziyatlar online.

Page navigation:

©2024. MyAndroid. All Rights Reserved.

By OffiDocs Group OU – Registry code: 1609791 -VAT number: EE102345621.