We provide Xojimurod online (apkid: com.sadirboyprogrammer.xojimurod) in order to run this application in our online Android emulator.


Description:

Run this app named Xojimurod using MyAndroid.
You can do it using our Android online emulator.

LEV TOLSTOY
HOJIMUROD
Qissa
Men uyga dala bilan qaytdim.
Yozning qoq ortasi edi.
Ot orilib olingan va qora bugdoyni
orishga endigina harakat qilinmoqda edi.
Yilning bu paytida rang-barang chiroyli gullar qizil, oq, pushti, xushboy, momiqli
chinnigullar, sut singari oq, ortasi och-sariq, yoqimli hid sochuvchi muhabbat gullari, bol
hidli sariq guliranolar, gunafsha rangli va oq lolaga oxshash qomatdor karnaygullar,
chirmashib osuvchi noxatgullar, sariq, qizil, pushti skabiazlar, gunafsha rangli, och pushti
jigalik va sezilar-sezilmas yoqimli hid beruvchi otquloq gullar, quyoshda va yosh niholligida
tiniq kok, kechqurunlari hamda qarigan vaqtida kokimtir va qizgimtir bolib tovlanuvchi va
latif, bodom hidli, guli darrov solib qoladigan chirmovgullar kop boladi.
Men turli-tuman gullardan kattakon guldasta yasab, uyimga qarab ketayotganimda zovur
ichidagi ajoyib qizgish rangli, chaman-chaman ochilgan, bizda qushqonmas deb ataluvchi,
chalgichilar uni chopmasdan qoldirib otadigan, mabodo qoqqisdan chopilib ketgan bolsa, qolga
kirmasin uchun ot ichidan olib tashlanadigan tikanakka kozim tushdi.
Men bu tikanakni yulib
olib guldastamning ortasiga qoymoqchi boldim.
Zovurga tushdim-da, gulning ortasiga yopishib
olib, qattiq uyqiga kirgan tukdor arini haydab, uni uzishga tutindim.
Ammo bu ish juda
qiyin boldi, gulning tikanaklari har tarafdan, hatto qolimga orab olgan romoldan ham otib,
nayzadek sanchilardi, bugina emas, u shu qadar chayir ediki, men uning dastasini titib,
iplarini birma-bir uzish uchun besh minutcha ovora boldim.
Nihoyat gulni uzib olgan paytimda uning poyasi tamom titilib tozgigan edi, gulning ozi ilgarigidek gozal korinmasdi.
Bundan
tashqari, u, ozining dagalligi va beoxshovligi bilan guldastaning nozik gullariga qovushmas
edi.
Men, oz tupida yashnab turgan gulni uzib behudaga juvonmarg qilganim uchun okindim,
keyin uni yerga tashladim.
Ajabo, hayotning naqadar gayrat va kuchi bor, deya men gulni
uzayotganimdagi chekkan ma-shaqqatimni xotirladim, u oz hayotini juda zor kuch bilan himoya
qildi va osonlikcha jon bermadi.
Uyga olib boradigan yol shudgor qilinib, yangigina haydalgan qora tuproqli daladan otar
edi.
Mana shu qora tuproqli chang yoldan borardim.
Haydalgan dala pomeshchik yeri bolib, shu
qadar katta ediki, har ikki tarafda va tepalikka chozilgan old tomonda qora tep-tekis qilib
haydalgan, hali mola bosilmagan shudgordan bolak hech narsa korinmasdi.
Yer yaxshi haydalgan,
dalaning hech bir yerida bironta giyoh korinmas, hammayoq qop-qora edi.
Men, beixtiyor bu olik,
qora dala ortasidan biror jon asarini axtararkanman: Odam qanday yemiruvchi maxluq, oz
hayotini saqlash uchun qanchadan-qancha rang-barang tirik mavjudotlarni, osimliklarni mahv
etgan, deb oyladim.
Oldimda, yolning ong tarafida allaqanday bir buta korindi.
Men,
yaqinroq kelib qarasam, u haligi men gulini uzib tashlaganim qushqonmas navidan ekan.
Butaning uchta novdasi bor edi.
Uning bittasi sindirib olingan va qolgani xuddi chopib
tashlangan qol singari choltoq edi.
Qolgan ikki shoxning har birida bittadan gul bor.
Shoxning bir bandi singan va uning yarmisi, iflos guli bilan pastga osilib, boshqa biri
garchi loyga belangan bolsa-da, hamon yuqoriga qarab dikkayib turardi.
Butun butani gildirak
bosib otganligi, song yana kotarilganligi malum edi, xuddi uning tanasidan bir parchasini
yulib olganlar, ichak-chovogini agdarib tashlaganlar, qolini sugurib, kozlarini oyib olganlar,
lekin u hamon qaddini kotarib turar va atrofidagi barcha birodarlarini mahv etgan insonga
taslim bolmas edi.
Naqadar zor quvvat!deya oyladim men, inson hammasini yengibdi, millionlarcha ot-
olanlarni mahv etibdi, bu esa hamon taslim bolmaydi.

MyAndroid is not a downloader online for Xojimurod. It only allows to test online Xojimurod with apkid com.sadirboyprogrammer.xojimurod. MyAndroid provides the official Google Play Store to run Xojimurod online.

Page navigation:

©2024. MyAndroid. All Rights Reserved.

By OffiDocs Group OU – Registry code: 1609791 -VAT number: EE102345621.