We provide Tarixi Muhammadiy online (apkid: com.sadirboyprogrammer.tarihimuhammadiy) in order to run this application in our online Android emulator.


Description:

Run this app named Tarixi Muhammadiy using MyAndroid.
You can do it using our Android online emulator.

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh,
xohi qari, mana shu tubandagi tort narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.
I.
Paygambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.
II.
Quroni karim tarixi.
III.
Dini Islom tarixi.
IV.
Kabatulloh tarixi.
Shuning uchun, men faqir Alixontora Shokirxontora ogli Soguniydurmankim,
bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din
qarindoshlarimizga mendan yodgor bolsin deb yuqoridagi tort narsa tarixini har qandoq
kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim.
Bu kitobga Tarixi Muhammadiy deb
ot qoydim.
Buni oqiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qoyishlarini umid qilurman.
BUYUK USTOZ HAQIDA SOZ
Tarixi Muhammadiy muallifi Alixontora Soguniyni asrimizning koplab ulamoi fozillari
ozlarining buyuk ustozlari deb biladilar.
Zero, ul zoti bobarakotning serfayz va tasirchan
suhbatlaridan bir lahza bahramand bolgan har bir tolibi sodiq yillar davomida ozga
ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan
malumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolaga bolmas.
Kamina esa
bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgoylik
davralarida va fayzli suhbatlarida kop bolganman va kopdan-kop ilmiy ishtibohlarimni
sorab ota qoniqarli javoblar olganman.
Hamon esimda, 1971 yili Margilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning
kopchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Quroni karimdan Val-asr
surasini tafsir qilib bergan edilar.
Sura eng qisqa suralardan bolib, atigi uch oyat ikki
satr bolishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima,
hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki,
diqqat bilan some bolib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qongandek sukut
saqlagan holda vujudlari quloq bolib, har bir sozlarini uqib olishga va magzini
chaqishga harakat qilar edilar.
Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis,
fiqh, nahv, balogat, mantiq, tib, tarix, siyrat, jugrofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar
boyicha ham yetuk mutaxassis edilar.
Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub Tarixi Muhammadiy asari xususida ham
biroz toxtalib otishga togri keladi.
Islom tarixi va janob paygambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari
va faoliyatlari togrisida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va garb tillarida
juda koplab asarlar yozilgan.
Lekin Alixontora Soguniyning ushbu asari ularning
xulosasi bolishi bilan birga, malumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir
tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan oz fikr-mulohazalarini ibratli
ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni
oziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mening fikrimcha, asarni bir marta oqib chiqishning ozi kifoya qilmaydi, balki shu
muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak.
Tabiiyki, har safar yangi-yangi
tushunchalar kashf etilib, kitobxonda ozgacha taassurotlar hosil boladi.
Bu faqat
kaminaning fikri emas.
Asarni mutolaa qilib chiqqan kopdan-kop dostlarimiz ham
ushbu gapni takrorlab turadilar.
Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi
ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bolishini tavsiya etardim.
Zero, hozirgi
kunimizda Islom tarixi boyicha oz ona tilimizda batafsil yozilgan bundan ozga asar
yoq.
Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning ornini bosa olmaydi.
Xullas,
Tarixiy Muhammadiy kitobini har qancha tarif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi.
Yaxshisi,
asarning ozini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali malumotlaridan, fayzu futuhli
mazmunlaridan bahramand bolgan kitobxongina bunday tariflarda mubolaga yoq
ekaniga tola ishonch hosil qiladi.

MyAndroid is not a downloader online for Tarixi Muhammadiy. It only allows to test online Tarixi Muhammadiy with apkid com.sadirboyprogrammer.tarihimuhammadiy. MyAndroid provides the official Google Play Store to run Tarixi Muhammadiy online.

Page navigation:

©2024. MyAndroid. All Rights Reserved.

By OffiDocs Group OU – Registry code: 1609791 -VAT number: EE102345621.